18:50 / 01.11.2017
5799

Hindistondagi IESda portlash yuz berdi

Foto: NDTV

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi issiqlik elektr stansiyasida yuz bergan portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 100 inson jarohatlandi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha milliy boshqarmasidan (NDMA) xabar berishgan. 

"Mening ma'lumotimga ko‘ra, 10 kishi halok bo‘ldi, 100 inson jarblandi, aksariyat odamlar kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketildi", - deya ma'lum qilgan idora vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, qutqaruv amaliyotida NDMA mutaxassislari, mahalliy favqulodda xizmatlar vakillari ishtirok etmoqda.

Voqea Unchaxar shahrida NTPC kompaniyasiga qarashli IESda yuz bergan. Hodisaga nima sabab bo‘lgani noma'lum. IESdagi ishlar FVdan so‘ng to‘xtatib qo‘yildi.

Top