07:50 / 01.11.2017
4934

Mirzo Ulug‘bek tumanida 15 mln. so‘mlik mol-mulk o‘g‘irlandi

2017 yil 17 oktabrdan 18 oktabrga o‘tar kechasi, noma'lum shaxs, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravida talon-toroj qilish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan do‘konga eshigini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, fuqaro Z.R.ga tegishli bo‘lgan jami 15.000.000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlab, jinoyat joyidan yashiringan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan edi. 

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni N.B. sodir etganligi aniqlangan.
 
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Top