23:41 / 01.11.2017
5762

Moskva, Tehron va Boku Kaspiybo‘yida hamkorlik sohalarini aniqlashtirib oldi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya, Eron va Ozarboyjon multimodal yuk tashish, dengiz turizmi va Kaspiy dengizi suv bioresurslarini avaylab-asrash sohalarida hamkorlik qilishni mo‘ljallamoqda, deyiladi prezidentlar — Vladimir Putin, Hasan Ruhoniy va Ilhom Aliyevning Tehronda o‘tgan uchtomonlama sammiti yakuniga ko‘ra qo‘shma bayonotida.

«Kaspiy dengizini tinchlik, do‘stlik, barqarorlik va hamkorlik dengizi sifatida ko‘rib, tomonlar port ma'muriyatlarining hamkorligi, dengiz kemachiligi, multimodal yuk tashish, dengiz turizmi, suv bioresurslarini avaylab-asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish, energetika, savdo, iqtisodiyot kabi jabhalarda munosabatlarning mustahkamlanishi zaruriyatini qayd etishadi», — deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, tomonlar Kaspiy dengizidagi ilmiy tadqiqotlar, gidrografiya va meteorologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirish niyatida. Moskva, Tehron va Boku xavfsizlikni va harbiy hamkorlikni birgalikda rivojlantirish, Kaspiy dengizida favqulodda holatlar haqida ogohlantirish va ularning oldini olish borasida ham birgalikda ish bolib borishni rejalashtirgan.

Tomonlar Kaspiy dengizining huquqiy statusi borasida to‘g‘risidagi konvensiya loyihasi xususida beshtomonlama muzokaralarning borishidan qoniqish hosil qilishganini ta'kidlashdi. Ular «sohil bo‘yi davlatlarining konsensusiga asoslangan bu muhim asosga ega bo‘lgan hujjatning tezroq qabul qilishini ta'minlash» niyatlari borligini tasdiqlashdi.

Mavzuga oid
Top