23:40 / 01.11.2017
23853

Putin Alisher Usmonovning fondiga minnatdorchilik bildirdi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Drujinin

Vladimir Putin ilm-fan rivoji yo‘lida ijtimoiy va xayriya loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etayotgani uchun Alisher Usmonovning "Ilm-fan, san'at va sport" fondi jamoasiga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqida tashkilot matbuot xizmatida xabar berildi.

"Retinal implantni o‘rnatish loyihasini haqiqatda kibernetik ko‘rish sohasidagi yangilik deb atash mumkin. Bu mahalliy oftalmologiya rivoji sari qo‘yilgan katta qadamdir. Faqatgina xususiy va nodavlat tuzilmalarning sa'y-harakatlarini birlashtiribgina, imkoniyati cheklangan kishilarga ham tadqiqiy, ham ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirishimiz mumkin", - dedi fond direktori Mariya Krasnikova.

Krasnikova shaxsan u va jamoa xayriya fondining bu sa'y-harakatlari Vladimir Putin tomonidan e'tirof etilganidan xursand ekanini ta'kidladi, uning so‘zlariga ko‘ra, Prezidentning e'tibori fondni o‘z rejalarini amalga oshirishda yanada yuqori mas'uliyat namoyon qilishga undaydi. 

Mavzuga oid
Top