18:10 / 01.11.2017
9695

«Real»ga Keynni xarid qilmaslik taklif etildi

Foto: PA

«Real»ning sobiq yarimhimoyachisi Stiv MakManaman, qirollik klubiga «Tottenhem» hujumchisi Harri Keyn kerak emas deb hisoblamoqda.

«Real» prezidenti Florentino Peres o‘rnida bo‘lganimda Keynni xarid qilmasdim. Undan ko‘ra, yosh Mbappega o‘xshagan futbolchi afzalroq.

Keynni qo‘lga kiritish juda qiyin bo‘ladi, chunki futbolchilarning narxi keskin oshgan sharoitda, uning transferi uchun 200 million yevro to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Angliyadagi klublar juda professional, bu yer futbolchi faoliyatining o‘sishi uchun ajoyib joydir. 

Keyn Londonda qolgani ma'qul, chunki u oilasi bilan bu yerda yashashdan baxtiyor» - deb MakManaman so‘zlarini keltirmoqda Marca nashri.

Avvalroq, «Real» Keyn uchun 100 million funt va Karim Benzemani bermoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Top