11:30 / 01.11.2017
75968

Soipovning voqea joyidagi harakatlari aks etgan video paydo bo‘ldi 

AQShning Frustrated PaulRevere portali Facebook’dagi o‘z sahifasida Nyu-York markazidagi Manxettenda odamlar ustiga haydab borilgan pikap haydovchisining qo‘lga olinish jarayonini e'lon qildi.

Kadrlarda Sayfullo Soipovning pikapdan chiqib, yugurib ketayotganini ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, uning qo‘lida to‘pponcha ham bo‘lgan. Shundan so‘ng kamera uni yerga yotgan holda ushlab turgan ikki politsiyachini ko‘rsatadi.

Ayni damda terakt bo‘yicha surishtiruv ishlarini AQSh FQBsi olib bormoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Soipov AQShga bir necha yil avval O‘zbekistondan kelgan va Florida hamda Nyu-Jyersidagi Paterson shahrida istiqomat qilgan. U aynan Patersonda teraktni sodir etishda ishlatilgan avtomobilni ijaraga olgan. 

Avvalroq O‘zbekiston Sayfullo Soipov haqidagi ma'lumotni tekshirayotgani xabar berilgandi.

Mavzu
Nyu-Yorkda terakt

31 oktabr, seshanba kuni Manhettenda yuk mashinasini boshqargan shaxs odamlarni qasddan urib yuborishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi. Teraktni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov.

Barchasi
Mavzuga oid
Top