15:40 / 01.11.2017
73068

O‘zbekiston FVV kuchli shamol haqida ogohlantirdi

Foto: Pix.uz

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi mamlakatning ayrim hududlarida shamolning kuchayishi haqida ogohlantirdi.

O‘zbekiston FVV ma'lumotlariga ko‘ra, 2 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati, 3 noyabrda esa – Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida shamol tezligi 17-22 m/s.ga (60-80 km/s) qadar kuchayishi kutilmoqda.

FVV fuqarolardan kuchli shamol chog‘ida ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ragan.

Top