16:40 / 01.11.2017
35739
Reklama

O‘zingga ehtiyot bo‘l, qo‘shningni o‘g‘ri tutma!

Foto: NINE.UZ

Odamlar orasida "O‘zingni ehtiyot qil, qo‘shningni o‘g‘ri tutma" degan ajoyib hikmatli so‘z bor. Bu ibora ayniqsa biz yashayotgan hozirgi davrda katta ahamiyatga ega. 

Kundan-kunga uylar, ishxona idoralari, baland imoratlar, savdo markazlari zamonaviylashib bormoqda. Zamonaviy uylarga esa yangi jihozlar, "aqlli" qurilmalar kerak bo‘ladi. 

Kuzatuv kamerasi ham ana shunday muhim texnik qurilmalar qatoriga kiradi. Odatda, deyarli barcha supermarketlar, zavod, tashkilot va savdo shoxobchlarida kuzatuv tizimi o‘rnatilgan bo‘ladi. Xo‘sh, uylar uchun videokuzatuv nimaga kerak? 

Foto: NINE.UZ
Foto: NINE.UZ

Birinchi navbatda, mazkur tizim xonadon xavfsizligini ta'minlashda muhim o‘rin turadi. Zamonaviy kameralar kutilmaganda yuz keluvchi ko‘ngilsiz holatlardan himoyalanishga va yuqorida ta'kidlaganimizdek, "o‘zni ehtiyot qilib, birovni o‘g‘ri tutmaslikka" yordam beradi. 

Ikkinchidan, agar binoda kameralar o‘rnatilgan bo‘lsa, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar ehtimoli ham keskin kamayadi. Sababi, qing‘ir ishni rejalashtirganlar ularni "uchinchi ko‘z" kuzatib turganini darrov payqashadi. 

Uchinchidan, kameralar yordamida uzoq masofada turgan insonlarni ham shaxsini aniqlash, favqulodda voqealarni tasvirga muhrlash mumkin.

Foto: NINE.UZ
Foto: NINE.UZ

To‘rtinchidan esa, videokuzatuv orqali siz bir vaqtning o‘zida bir necha obektni nazorat qilish, ish sifatiga baho berish imkoniga ega bo‘lasiz. 

«Secure House» kompaniyasi 2007 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda O‘zbekistondagi videokuzatuv va xavfsizlik tizimi bozorida yetakchi korporatsiya sanaladi.  

NINE.UZ brendi ostida faoliyat yurituvchi kompaniya katta tashkilotlar va davlat idoralari bilan hamkorlikda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha katta loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. 

Foto: NINE.UZ
Foto: NINE.UZ

NINE.UZ orqali siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz: 

* Zamonaviy xavfsizlik tizimi (videokuzatuv, monitoring, xavfsizlik televideniyasi, himoya-yong‘in signalizatsiyasi, masofaviy boshqaruv va h.k)

* Binolarni avtomatlashtirish

* "Aqlli uy" tizimi

Kompaniyaning asosiy muvaffaqiyati - sifatli qurilmalar, intellektual va texnik resurslarning mavjudligidadir. 

Uyingizda hanuzgacha videokamera va domofon o‘rnatilmaganmi? Ish joyingizda xavfsizlik qurilmalariga ehtiyoj bormi? Ishonchli hamkorlar sizni kutmoqda. 

NINE.UZ videokuzatuv tizimlari - xavfsizlik va xotirjamlik garovidir.

Reklama huquqi asosida

Top