12:10 / 01.11.2017
9763

WSJ: Amerika BAA va Qatarni KXDR bilan hamkorlik qilmaslikka ishontirmoqda

Foto: Reuters

AQSh prezidenti ma'muriyatining bir guruh vakillari BAA va Qatarga amalga oshirgan uch kunlik safar chog‘ida KXDR bilan iqtisodiy hamkorlikka barham berish masalasi muhokama qilingan. Unda Fors ko‘rfazining ikki mamlakatini KXDR bilan iqtisodiy hamkorlik qilmaslik va moliyaviy nazoratni kuchaytirish masalalari ham diqqat-eʼtiborda bo‘lgan, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin XVJ ijrochi direktori Kristin Lagard va dunyodagi eng yirik bevosita investitsiyalar jamg‘armasi Blackstone hammuassisi Stiv Shvartsman bilan birga Ar Riyodda bo‘lib o‘tgan "Kelajak investitsiya tashabbusi" forumida ishtirok etgani haqida TASS xabar qilgan edi. Mazkur anjuman tashkilotchilari forumni Yaqin Sharqdagi asosiy muhokama markaziga aylantirishni rejalashtirishmoqda. 

Mavzuga oid
Top