14:50 / 02.11.2017
6963

AQSh elchisi Qoraqalpog‘istondagi mashhur muzeyga tashrif buyurdi

Foto: Kruz.uz

AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.

Kruz.uz’ning xabar berishicha, 30 oktabr kuni elchi xonim Nukus shahridagi I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san'at muzeyida bo‘lib, u yerdagi bebaho eksponatlar bilan tanishdi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.Sariyev ishtirok etdi. Eslatib o‘tamiz, bu Pamela Spratlenning I.V.Savitskiy muzeyiga shu yilda qilgan ikkinchi tashrifi bo‘ldi.

Foto: Kruz.uz
Foto: Kruz.uz
Foto: Kruz.uz
Top