07:52 / 02.11.2017
17797

AQShdagi Walmart gipermarketida otishma sodir etildi, qurbonlar bor

Foto: Reuters

Kolorado shtatining Tornton shahridagi Walmart gipermarketida noma'lum kimsa otishma sodir etdi. Buning oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, bir ayol shifoxonaga olib ketilgan, deb xabar bermoqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.  

Axborot agentligining ta'kidlashicha, politsiya vakili otishma haqidagi xabar 1 noyabr soat 18:30da olinganini ma'lum qilgan. Uning aytishicha, politsiya gipermarketga kelgandan keyin otishma to‘xtagan. 

Voqea joyida politsiyachilar va o‘t o‘chiruvchilar ish olib borganlar.

Otishmani sodir etgan shaxs ushlangan-yo‘qligi ma'lum qilinmagan. Voqea sabablari va tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Top