21:10 / 02.11.2017
14416

AQShning yangi sanksiyalari ta'sirsiz ekani aytildi

Rossiya Energetika vaziri Aleksandr Novak ma'lum qildiki, AQShning kengaytirilgan sanksiyalari Rossiyaning neft va gaz qazib olish rejalariga ta'sir o‘tkazmaydi. Bu haqda u «Rossiya 24» telekanali efirida gapirdi.

«Bu yangi sanksiyalar emas, avval ham shunday sanksiyalar qo‘llangandi. Men vaziyatni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan ortiqcha narsa ko‘rmayapman. Rossiyaning resurslarni qazib olish bo‘yicha rejalari o‘zgarmaydi», — degan Novak.

U shuningdek, Rossiyadagi kompaniyalar o‘z rejalarini o‘zgartirishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

Top