15:20 / 02.11.2017
9838

Berdimuhamedov Rahmon bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Foto: Turkmenistan.gov.tm

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Dushanbedagi muzokaralarda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishdi. Bu haqda Turkmaniston rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu nuqtayi nazardan ta'kidlanishicha, vaqtning o‘zi qo‘shni davlatdagi vaziyatga faqat tinch, siyosiy vositalar orqali, Afg‘onistonning barcha mas'ul va konstruktiv kuchlari ishtirokida keng umummilliy muloqot asosida yechim topish mumkin ekanini ko‘rsatib berdi. Afg‘oniston muammosini hal etishning harbiy, kuch usullari samarasiz hamda hech qanday istiqbolga ega emas.

Turkmaniston rahbari Afg‘onistonga xalqaro hamjamiyat, birinchi navbatda BMTning tinchlikparvarlik salohiyatini yanada kengroq jalb etishga chaqirdi.

«Biz afg‘on hukumatiga faol xalqaro yordam berish, mamlakatning mintaqaviy va global iqtisodiy jarayonlarga samarali integratsiyalashuvi, ayniqsa energetika va transport kabi muhim sohalarda ko‘mak ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatlamoqdamiz», - deya ma'lum qildi Turkmaniston rahbari. 

Uning ta'kidlashicha, 14-15 noyabr kunlari Ashxobodda Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik Konferentsiyasi (RECCA-VII) o‘tkaziladi. Turkmaniston prezidenti rejalashtirilayotgan forum samaradorligiga hamda Tojikiston delegatsiyasining uning ishida ishtirok etishiga umid bildirdi.

Top