17:35 / 02.11.2017
10615

Chempionlar ligasida turning eng yaxshi goli bo‘lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Foto: Reuters

UYeFA Chempionlar ligasi 4-bosqichining eng chiroyli 5ta golini e'lon qildi. Ularning mualliflari - «Sevilya» yarimhimoyachisi Ever Banega, «Roma» hujumchisi El-Shaaravi («Chelsi» darvozasiga urgan birinchi goli), PSJ hujumchisi Neymar, «Napoli» hujumchisi Lorentso Insine va «Atletiko» himoyachisi Tomas Partey.

G‘olib UYeFA saytida ovoz berish orqali aniqlanadi. Avvalgi turlarda Jyenk To‘sun, Garet Beyl va Edin Jyeko gollari eng chiroyli deb topilgandi.

Mavzuga oid
Top