18:20 / 02.11.2017
28346

Eron oliy rahbari mamlakatning asosiy dushmani nomini ma'lum qildi

Foto: AP

Eron xalqining asosiy dushmani - Amerika Qo‘shma Shtatlari, deya ma'lum qildi Eronning oliy rahbari oyatulloh Ali Xominaiy talabalar oldida chiqish qilib. Bu haqda uning saytida e'lon qilingan xabarda aytiladi.

«Amerika bizning xalqimizning asosiy dushmanidir», - deya aytib o‘tgan u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington oldida chekinish faqat AQShga kuch beradi, shuning uchun kurashishning yagona yo‘li qarshilik ko‘rsatish sanaladi.

Avvalroq Eronning oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xominaiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda Tehron va Moskvaning hamkorligi «AQShni yakkalashini» aytgandi.

Top