15:50 / 02.11.2017
10654

HTC yangi flagman va byudjyet smartfonini namoyish etdi

Foto: Android Police

HTC kompaniyasi yangi U11+ flagmani hamda U11 Life byudjyet modelini namoyish etdi. Yangi smartfonlar suvdan himoya va Edge Sense nozik qirralariga ega bo‘ldi.

HTC U11+

HTC U11+ flagmani shisha va metall korpusga ega bo‘ldi. Uning o‘lchamlari U11'nikiga o‘xshash, biroq displeyi juda katta - 6 dyuym. Bunga ekran atrofidagi gardishning kichikligi sabab erishildi. Shu tufayli barmoq izlari skaneri ham flagmanning orqa tomoniga ko‘chirildi.

U11+ smartfoni korpusi IP68 standartiga muvofiq ishlangan, bu esa uning chang-to‘zondan to‘liq himoyalangani va 1 metrgacha bo‘lgan chuqurlikdagi suvda yarim soatdan ortiq xavfsiz ishlay olishini bildiradi.

Foto: Android Police

Smartfon korpusning yon qirralarini siqish kuchini "tushunish"ga qodir - texnologiya Edge Sense deb ataladi. Foydalanuvchi har qanday xatti-harakatni, masalan,  ilova, kamera, fonarni ishga tushirishni qisqa yoki uzoq siqishga belgilab qo‘yishi mumkin.

U11+ kamerasi bitta va u 12 Mp'li. HTC U11+ flagmanining 6 Gb'li top-versiyasi Yevropada 799 yevroga baholanadi. Sotuvlar 20 noyabrga belgilangan.

HTC U11+ xususiyatlari:

  • Displey: 6 dyuym, QHD (2 880 × 1 440 piksel);
  • Protsessor: Snapdragon 835;
  • Xotira: 4 yoki 6 Gb operativ va 64 yoki 128 Gb ichki;
  • Kamera: 12 Mp asosiy va 8 Mp frontal;
  • Akkumulyator: 3 930 mAs.

U11 Life

HTC U11 qatoridagi kenja model o‘z dizaynini flagmandan olgan - metall ramka va shisha korpus. Shuningdek smartfon Edge Sense nozik qirralariga ega bo‘ldi. Korpus IP67 standarti bo‘yicha himoyalangan: u changdan qo‘rqmaydi, shu bilan birga 1 metrdagi chuqurlikdagi suvda ishlay oladi.

U11 Life 5,2 dyuym, Full HD diagonalga ega. Asosiy va frontal kameralar 16 Mp'li - bu flagmandan-da katta, lekin sensorlarining o‘zi arzonroq.

Foto: Android Police

U11 Life smartfoni 8 yadroli Snapdragon 630 protsessorida ishlaydi. Operativ xotira - 3 yoki 4 Gb, ichki xotira esa - 32 yoki 64 Gb. Akkumulyator sig‘imi - 2600 mAs.

Smartfon narxi - 349 dollar. Shuningdek Android One loyihasi doirasida toza Android'li, HTC Sense qoplamasiz U11 Life modeli ham paydo bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top