00:28 / 02.11.2017
20329

Nyu-Yorkdagi teraktda halok bo‘lgan xorijliklar haqida ma'lumot berildi

Foto: Andrew Kelly/Reuters

Nyu-Yorkda 31 oktabrda sodir etilgan teraktda 6 nafar xorijlik, 2 nafar amerikalik halok bo‘lgan. Bu haqda shahar o‘t o‘chirish boshqarmasi komissari Deniyel Nigroga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.

Nigroning aytishicha, halok bo‘lgan xorijliklardan 5 nafari Argentina fuqarosi va bir nafari Belgiya fuqarosi bo‘lgan.

Komissarning ta'kidlashicha, yana 4 kishi o‘ta jiddiy jarohatlar olgan.

"4 kishi o‘ta jiddiy jarohatlar olgan, biroq ular barqaror holatdalar, qolganlar biroz kamroq darajada jarohatlangan", deb ma'lum qilgan Nigro. 

Argentinaliklar Nyu-Yorkka universitetni tamomlaganlarining 30 yilligini nishonlash uchun kelgan bo‘lganlar. La Nacion nashrining ma'lum qilishicha, argentinalik sayyohlar Rosariodagi politexnika universitetining 10 bitiruvchisidan iborat guruh bo‘lgan.  

Ular velosipedlarni ijaraga olib, Manhettenning janubiy qismiga sayr qilishga otlanishgan. Soat kunduzgi 3larda ulardan 6 nafari terrorchi boshqargan pikap mashinasi ostida qolgan. Ulardan birigina omon qolgan, biroq u shifoxonada og‘ir ahvolda. 

Mavzu
Nyu-Yorkda terakt

31 oktabr, seshanba kuni Manhettenda yuk mashinasini boshqargan shaxs odamlarni qasddan urib yuborishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi. Teraktni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov.

Barchasi
Mavzuga oid
Top