17:20 / 02.11.2017
23264

ShHT Nyu-Yorkdagi teraktga munosabat bildirdi

Foto: AP

Nyu-Yorkda yuz bergan terakt global miqyosga ega bo‘lib, hech qayerda terrorizmdan himoya yo‘q, u bilan qo‘shma sa'y-harakatlar orqali kurashish lozim. Bu haqda Shanhay hamkorlik tashkilotining terrorchilikka qarshi Mintaqaviy tuzilmasi direktori (ShHT TQMT) Yevgeniy Sisoyev ma'lum qildi.

Toshkentda ShHT TQMTning «Terrorizm bilan kurash – chegaralarsiz hamkorlik» beshinchi ilmiy-amaliy anjumani 1-2 noyabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda ShHTga a'zo davlatlar maxsus xizmatlari, kuzatuvchi maqomidagi davlatlar, xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

«Ushbu terroristik harakat, afsuski, boshqa shunga o‘xshash teraktlar kontekstida yuz berdi. Bu jarayonlar, ular, terrorizm tabiati kabi, global xarakterga ega», - degan Sisoyev. 

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya-Iroq hududida terrorchilikka qarshi kuchlarning faol harbiy bosimi fonida nafaqat harbiy harakatlar geografiyasi, balki terrorchilar faoliyati taktikasi ham o‘zgarmoqda. 

«Xalqaro terrorchilik tashkilotlari a'zolari Afg‘oniston hududida boshqatdan joylashishmoqda, ShHTga a'zo davlatlar chegaralariga juda yaqin kelishmoqda, shuningdek, dastlabki davlat hududiga qaytib, «mudroq yacheyka»larga aylanishmoqda», - deya ma'lum qildi Yevgeniy Sisoyev.

Anjumanda ta'kidlanganidek, Yaqin Sharqda davom etayotgan qurolli ziddiyatlar doimiy tus oldi va butun jahon hamjamiyati uchun keskinlik o‘chog‘i bo‘lib qolmoqda.

Mavzu
Nyu-Yorkda terakt

31 oktabr, seshanba kuni Manhettenda yuk mashinasini boshqargan shaxs odamlarni qasddan urib yuborishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi. Teraktni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov.

Barchasi
Mavzuga oid
Top