14:10 / 02.11.2017
16346
Reklama

Sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi dunyoning yirik kompaniyalaridan biri O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda

Foto: Arla

O‘zbekiston savdo rastalarida Yevropa ishlab chiqaruvchilaridan yangi sut mahsuloti paydo bo‘ldi.

Sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi dunyoning eng yirik kompaniyalari uchligiga kiruvchi — Arla o‘z ichiga Daniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgdagi 14 ming sut ishlab chiqaruvchi fermerlarni birlashtiradi. Yaqinda mazkur kompaniya mahsulotlari O‘zbekiston do‘konlarida va savdo tarmoqlarida paydo bo‘la boshladi.

Foto: Arla

Arla’ning sut mahsulotlari ro‘yxatiga 30 dan ortiq brend kiradi. Shunday mahsulotlardan biri mamlakatimiz aholisi uchun sevimli bo‘lishga ulgurgan Lurpak sariyog‘idir.

Foto: Arla

Bugungi kunda kompaniya O‘zbekiston bozorlariga o‘zining yuqori sifatli yangi brendlarini kiritmoqda. Bularga misol tariqasida Arla cheese, Castello, Puck va boshqalarni aytish mumkin.

Arla mahsulotining sifati va ishonchliligi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida tan olingan, bu esa Arla’ning sifatli sut mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida bir necha mukofotlarga munosib ko‘rilganini isbotlaydi. Va yil sayin bu mukofotlar yangilanib bormoqda.

Foto: Arla

Qayd etish kerak, Arla sut mahsuloti Yevropada “Halal” sertifikatiga ega kamsonli mahsulotdir. Bu, o‘z navbatida, mahsulotning musulmon mamlakatlarida talabgir bo‘lishiga imkon yaratdi.

Foto: Arla

Mars, Fererro Rocher, Häagen-Dazs  kabi mashhur qandolat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar Arla’ning ingrediyentlaridan foydalanib, o‘zlaring sifatli mahsulotlarini ishlab chiqarishadi. Bu ham ushbu mahsulotga bo‘lgan ishonchdan va yuqori sifatdan darak beradi. Bundan tashqari, Arla Foods brendi dunyoga mashhur Starbucks’ning strategik hamkoridir. Arla boshqa mashhur brendlar qatori Starbucks uchun ham mahsulot tayyorlaydi, ular esa dunyo bo‘yicha sevib iste'mol qilinadi.

Foto: Arla

Bugun Arla mahsuloti dunyoning 120 dan ortiq mamlakatida, shu jumladan, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya, Daniya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida rivojlanayotgan to‘rtta bozorda sotilmoqda.

2020 yilga kelib Arla o‘zining savdosini Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, AQSh, Janubiy Afrika hamda Xitoy va Janubiy-Sharqiy Osiyoda ham rivojlantirishni rejalashtirgan.

Arla hozirda dunyo bo‘yicha sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyadir, yaqin 3 yil ichida sut mahsulotlarining global savdosini yanada kengaytirishni maqsad qilgan.

Reklama huquqi asosida

Top