00:45 / 02.11.2017
8614

«Tatneft» O‘zbekistonda investitsion loyihani amalga oshirishni mo‘ljallamoqda

Foto: tatneft.ru

Rossiyaning «Tatneft» neft kompaniyasi delegatsiyasi Toshkent viloyatidagi «Angren» erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi, deb yozadi UzDaily.uz.

«Tatneft» delegatsiyasining tashrifi «Angren» EIZ hududida investitsion loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish va hamkorlikning amaliy jihatlarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

Rossiya kompaniyasi neftkimyo ishlab chiqarish sohasida investitsion loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston tomoni «Angren» EIZ imkoniyatlari va shart-sharoitlarini, investorlar uchun taqdim etiladigan imtiyozlarni prezentatsiya qilgan.

Top