16:20 / 02.11.2017
14043

Toshkentdagi qandolat sexida yirik yong‘in yuz berdi

2017 yil 1 noyabr kuni soat 19:40da, Toshkent shahar IIBB YoXB KVBMga, Mirobod tumani, Qo‘shko‘prik ko‘chasi 22-uyda joylashgan “Qushtili” MChJga qarashli qandolat ishlab chiqarish sexida yong‘in yuzaga kelganligi haqida xabar tushgan. Bu haqda shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ko‘rsatilgan manzilga soat 19:41da, Toshkent shahar garnizonidan 9 ta asosiy va 1 ta maxsus yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari yuborilgan. 

Jangovar bo‘linmalar tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 20:28da qurshab olinib, soat 20:56da to‘liq bartaraf etilgan. 

.

Yong‘in oqibatida qandolat ishlab chiqarish sexining tom qismi 350 kv.m maydonida yonib zararlangan. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.
 
Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid
Top