10:51 / 03.11.2017
12210

Chexiya prezidenti: YeI Rossiyaga qarshi Amerika sanksiyalari borasida ikkiyuzlamachilik qilmoqda

Foto: EPA

Yevropa Ittifoqi AQSh tomonidan Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar masalasida ikkiyuzlamachilik qilmoqda. Chexiya prezidenti Milosh Zeman Chexiyaning Barrandov telekanaliga bergan intervyusida shunday bayonot berdi.

"Ta'kidlaymanki, YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalar e'lon qilganida ahmoqlik qildi. Hozirda buni boshqa siyosatchilar ham tasdiqlamoqda, - degan u. - Amerika ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu esa YeIning eyergetika manfaatlariga ziddir. YeI Amerikaning ushbu sanksiyasiga norozilik bildirmoqda. "Bu sizga ikkiyuzlamachilikdek ko‘rinmayaptimi? Bu sanksiyalar bekor bo‘la qolsin", - degan Zeman.

2014 yili YeI Rossiyaga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Bunga Ukrainadagi voqealar va Qrimning Rossiyaga qayta qo‘shilishi sabab bo‘ldi. YeI bujazo choralarini bir necha marta cho‘zdi ham. Vizasiz bordi-keldi haqidagi va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar to‘xtatildi. Bundan boshqa qator choralar ko‘rildi.
 
AQSh prezidenti Donald Tramp 2 avgust kuni Amerika sanksiyalarining Rossiya, Eron va KXDRga nisbatan sanksiyalariga keskin tus berishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Buning natijasida AQSh moliya vazirligi Rossiya energetika sohasiga nisbatan joriy qilinadigan jazo choralari parametrlariga aniqlik kiritdi.

Mavzuga oid
Top