23:00 / 03.11.2017
9196

Rossiyada dollar kursi so‘nggi uch oy ichida ilk bor 59 rubldan oshdi

AQSh dollari va yevro Moskva birjasida faol tarzda qimmatlashmoqda. Dollar kursi bozor ishtirokchilari tomondan valyuta likvidligiga talab oshgani ortida 25 avgustdan beri ilk marotaba 59 rubldan qimmatladi. 

AQSh dollari 59,14 rublni, ya'ni avvalgi savdolar yopilishidan oldingi narxdan 97,5 tiyin ko‘proqni tashkil qilgan. Yevro kursi esa 91 tiyinga qimmatlab, 68,71 rublni tashkil qilgan.  

"Interfaks-TsEA" mutaxassislarining fikricha, rublning dollar va yevroga nisbatan kursi bir necha kunlik dam olish oldidan pasaygan.

Top