22:10 / 03.11.2017
21287

Navalniy Putinni sudga berdi

Foto: Reuters

Moskva shahrining Tver sudi muxolifatchi Aleksey Navalniyning Rossiya prezidenti Vladimir Putin ustidan topshirgan ma'muriy arzini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Sud matbuot kotibi Anastasiya Dzyurkoning ma'lum qilishicha, arzda “Putinning “noqonuniy xatti-harakatlari va harakatsizligi tan olinishi” talab qilingan. Arz hozircha ko‘rib chiqilishga qabul qilinmagan. 

1 noyabrda Navalniy Rossiyaning turli shaharlarida namoyishlar o‘tkazilishi bo‘yicha kelishishdan bosh tortayotgan mahalliy hukumatlar yuzasidan Putinni sudga bermoqchiligini aytgan. “Guvoh amaldorlarni so‘roq qilishni talab qilamiz. Bu noqonuniy ko‘rsatmalarni shaxsan Putinning o‘zi bergan, chunki boshqa hech kim buni qila olmaydi”, deb ma'lum qilgan Navalniy.

U namoyishlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirib olish rad etilishi yuzasidan namoyishlarni xususiy mulkdorlarga tegishli hududlarda o‘tkazishga qaror qilgan. Misol uchun, 29 oktabrda Tambovdagi namoyish mahalliy tadbirkor taqdim qilgan, savdo markazi yonidagi maydonchada o‘tgan. Xuddi shu yo‘l bilan 4 noyabrda Irkutskda ham namoyish o‘tkazilmoqchi.

Top