09:19 / 03.11.2017
34665

Peterburgda O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan o‘nlab mehnat migrantlari zaharlandi

Sankt-Peterburgdagi «Narodniy» universamida ishlovchi Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan o‘nlab mehnat migrantlari zaharlanish belgilari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda Asia-Plus nashri Neva.today gazetasiga asosan xabar bermoqda.

Sankt-Peterburg tergov organlari va «Rospotrebnadzor» boshqarmasi Kosigin shohko‘chasida joylashgan «Narodniy» universami xodimlarining salmonellez bilan ommaviy kasallanishi holatini tekshirmoqda. Jami 33 kishi zaharlangan, ulardan 32 nafari kasalxonada.

Ta'kidlanishicha, kasallanganlarning barchasi - Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, ular universamda ishlashgan. Kasalxonalarda ushbu shaxslarning deyarli barchasi Rossiya shimoliy poytaxtida yashash bo‘yicha yolg‘on manzillarini taqdim qilishgan. «Kasallik yengil, o‘rta va jiddiy shaklda kechmoqda. O‘limga olib keladigan holatlar qayd etilmadi», - deya ta'kidlab o‘tishgan «Rospotrebnadzor»dan.

Salmonellezning tarqalishi munosabati bilan «Narodniy»da sanitariya-epidemiologiya tekshiruvi va tergovdan avvalgi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshirish tadbirlari kuchishlatar tuzilmalar xodimlari ishtirokida o‘tmoqda, chunki savdo majmuasi ma'muriyati avvalgi yillarda tekshiruv o‘tkazishga faol ravishda to‘sqinlik qilib kelgan.

Mavzuga oid
Top