10:44 / 03.11.2017
15407

Vazirlik va idoralarning yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berildi

Foto: Fotolia

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ–2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan adliya vazirining 2017 yil 31 oktabrdagi buyrug‘i bilan vazirlik va idoralarning yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvon-martaba darajalari berildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Yuridik boshqarmasi boshlig‘i Askar Mirsaidovga “3-darajali adliya maslahatchisi” maxsus unvon – martaba darajasi berildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi yuridik bo‘limi boshlig‘i Suhrob Qo‘ychiyevga “1-darajali yurist” maxsus unvon – martaba darajasi berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasining yuridik bo‘limi boshlig‘i Fayzulla Karimbayev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti yuriskonsulti Alisher Muxamedaliyev, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligi Farg‘ona viloyati bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi bosh yuriskonsulti Bahodir Rahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Farg‘ona viloyati Oltiariq tuman hokimligi moliya bo‘limining yuriskonsulti Baxtiyor Satvoldiyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Jizzax viloyati hokimligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi Forish maishiy xizmat kasb-hunar kolleji yuriskonsulti Xamroqul Yusupovlarga “2-darajali yurist” maxsus unvon – martaba darajasi berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Toshkent viloyat hokimligi Ugam-Chotqol DMTB boshqarmasi Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligi yetakchi yuriskonsulti Nurullo Abdullayev, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Farg‘ona viloyati Quva tumani hokimligi moliya bo‘limining yuriskonsulti Abdusamat Abduraximov, Samarqand viloyat hokimligi moliya bosh boshqarmasi bosh yuriskonsulti Jasur Achilov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining respublika inkassatsiya xizmati davlat unitar korxonasi Xorazm viloyat boshqarmasi katta yuriskonsulti Shavkat Jumaniyazov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Toshkent viloyati Zangiota tumani Agrosanoat kasb-hunar kolleji yuriskonsulti Bahriddin Jo‘rayev, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbektelefilm” davlat unitar korxonasi bosh yuriskonsulti Akram Ibratov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Shayxontoxur filiali bosh yuriskonsulti Otabek Ibraximov, O‘zstandart agentligi Axborot-ma'lumot markazi davlat korxonasi yuriskonsulti Ravshan Irgashev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Toshkent viloyati o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi Bekobod tibbiyot kolleji bosh yuriskonsulti Farida Isayeva, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Yerni masofadan zondlash va gis-texnologiyalar markazi davlat korxonasi yetakchi yuriskonsulti Qodirbek Musayev, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar hokimligi moliya bo‘limining yuriskonsulti Ahrorjon Mo‘minov, Toshkent shahar Olmazor tumani hokimligi bosh yuriskonsulti Akbar Rajabov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Toshkent viloyati Bo‘ka agrosanoat va transport kasb-hunar kolleji yuriskonsulti Gulxumor Sadikova, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Yuridik boshqarmasi bosh yuriskonsulti Farhod Saidmurodov, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi I.Irgashev nomli shahar 4-son klinik shifoxonasi yuriskonsulti Sadriddin Talibov, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon ho‘jaligi davlat qo‘mitasi Toshkent viloyati Ugam-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi “SAKSONOTA” davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasi yuriskonsulti Ravshan To‘xtayev, Toshkent shahri Turin politexnika universiteti yuriskonsulti Matluba Usmonova, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent viloyat Ftiziatriya va Pulmonologiya  shifoxonasi yuriskonsulti Charos Urazova, Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti yuridik xizmati katta yuriskonsulti Nargiza Fayziyeva, 

Samarqand viloyati “Suvoqava” davlat unitar korxonasi yuridik bo‘lim boshlig‘i Azim Hasanov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Samarqand viloyati hokimligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi Urgut tuman Qoratepa maishiy xizmat kasb-hunar kolleji yuriskonsulti Tashtemir Haydarov, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali yuriskonsulti Botir Eshchanov, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Farg‘ona viloyati Yozyovon tuman hokimligi moliya bo‘limining yuriskonsulti Farhodbek Yo‘lbarsovlarga “3-darajali yurist” maxsus unvon – martaba darajasi berildi.

Ushbu buyruqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 maydagi 250-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 19 yanvardagi PQ–2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq yuqorida ko‘rsatilgan yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvonlar – martaba darajalari uchun 2017 yil oktabr oyidan boshlab qo‘shimcha haq to‘lab borishi lozimligi ham nazarda tutilgan.

Ta'kidlash joizki, yuridik xizmat faoliyatining takomillashuvi jamiyatda qonuniylikni ta'minlashning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.

Top