18:45 / 03.11.2017
12676

Xiaomi selfisevarlar uchun yangi smartfonlar seriyasini namoyish etdi

Foto:lifehacker.ru

Xiaomi Hindistondagi taqdimotida Redmi Y nomli mutlaqo yangi smartfonlar seriyasini namoyish etdi. Qurilmalar kuchli frontal kameralar bilan ta'minlangan.

Seriyaning birinchi modeli Redmi Y1 deb nomlanadi. U kuchli LED-yoritgichli, 16 megapikselli frontal kamera bilan jihozlangan. Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, bunday yuqori megapikselga ega old kamera yaxshi yoritgich bilan birgalikda juda sifatli va tabiiy avtoportretlar yaratishga qodir.

Yangi smartfon 5,5 dyuymli, 1280× 720 HD ekranga ega. Protsessor sifatida Qualcomm Snapdragon 435 qo‘llangan. Smartfonning 3 yoki 4 Gb operativ va 64 Gb ichki xotirali versiyalari mavjud.

Redmi Y1 qurilmasi MIUI 9 beta-versiyasi boshqaruvi ostida ishlaydi, bir necha haftadan so‘ng esa barqaror versiyagacha yangilanishi kerak. U eng yangi Android 7.1.2 versiyasiga asoslangan.

Nisbatan hamyonbop modelning narxi - 140 dollar atrofida, xotira hajmi ko‘proq variant uchun esa 170 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Redmi Y1'ning texnik xususiyatlari:

  • Displey: 5,5 dyuym, HD (1280 × 720), IPS, Gorilla Glass;
  • Protsessor: Qualcomm Snapdragon 435;
  • Xotira: 3 yoki 4 Gb operativ va 32 yoki 64 Gb ichki.
  • Kamera: asosiy — 13 Mp, frontal — 16 Mp.
  • Batareya: 3080 mAs.

Bundan tashqari, taqdimotda Redmi Y1 Lite smartfoni ham namoyish etilgan bo‘lib, u yuqorida keltirilgan smartfonlarning soddalashtirilgan versiyasidir. U nisbatan arzon Snapdragon 425 protsessori va operativ xotira hajmining kamroq ekani bilan ajralib turadi. Bu, tabiiyki, mahsulot narxiga ta'sir qilmay qolmaydi - 115 dollar.

Foto:lifehacker.ru

Redmi Y1 Lite'ning texnik xususiyatlari:

  • Displey: 5,5 dyuym, HD (1280 × 720), IPS, Gorilla Glass;
  • Protsessor: Qualcomm Snapdragon 425;
  • Xotira: 2 Gb operativ va 16 Gb ichki;
  • Kamera: asosiy — 13 Mp, frontal — 16 Mp;
  • Batareya: 3 080 mAs.
Mavzuga oid
Top