15:15 / 04.11.2017
7885

42 mln. so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Olmaliq shahar IIBga uy bekasi, 1977 yilda tug‘ilgan Natalya Zaxarova (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida joriy yilning 15 oktabr kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, uyda hech kim yo‘qligi va eshigi ochiqligidan foydalanib, uyi yotoqxonasidagi shkafi ichidan umumiy narxi taxminan 42.500.000 so‘m bo‘lgan tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni shu shaharda yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan Georgiy Galishev sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. 

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ashyoviy dalillar olindi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Top