11:48 / 04.11.2017
8055

AQSh koalitsiyasi: Iroq IShIDdan deyarli butunlay ozod etildi

Foto: EPA

AQSh qurolli kuchlarining Markaziy qo‘mondonligi xabar berishicha, Iroq xavfsizlik kuchlari xalqaro koalitsiya ko‘magida mamlakatning deyarli barcha hududini IShID jangarilaridan ozod qilgan. Bu haqda Interfaks ma'lum qilmoqda.

«Al-Kaym (Iroq shahri – tah.) va Suriya bilan chegaradagi qismning ozod etilishi IShIDga qarshi davom etayotgan kampaniyaning muhim halqasi», - deyiladi xabarda.

Ko‘rsatilishicha, «xalqaro koalitsiya yordami bilan iroqliklar hozirgi vaqtda mamlakatning avval IShID tomonidan nazorat qilingan deyarli barcha hududini ozod qilishdi».

«Tahdid hali ham bor, biz murakkab ishlarni bajarishimiz kerak, ammo IShID ustidan yakuniy g‘alaba qozonishni ta'minlash uchun Iroq hukumati va mamlakat qurolli kuchlari bilan yelkadosh bo‘lib turibmiz», - deya ma'lum qildi koalitsiya vakili general-mayor Robert Uayt.

Mavzuga oid
Top