18:27 / 04.11.2017
11504

Yangi 3D-printerlar sanoat mashinalaridan 50 marta tezroq ishlaydi 

Foto: MarkForged Inc.

Bostonning Markforged startapi Siemens, Microsoft Ventures va Porsche SE kompaniyalarida 30 million dollar miqdorida investitsiya olganligini ma'lum qildi. Ushbu mablag‘ bilan startap sanoat ishlab chiqarishida inqilob qilish, va 3D-printerlarni ideal holatga yaqinlashtirishga umid qilmoqda, deb yozadi Quartz.

Markforged qismlarni ishlab chiqarishning eng iqtisodiy usullaridan biri hisoblanadigan uglerod tolasi asosida 3D-bosmaning yangi usulini birinchi bo‘lib taqdim etdi. Ba'zi hollarda ular hatto metall analoglarining ham o‘rnini bosa oladi. Joriy yilning yanvar oyida Markforged metall bosma uchun xuddi shu texnologiyadan foydalanadigan 100 ming dollar qiymatidagi qator tijorat printerlarini chiqarishi haqida e'lon qildi.

«Nazariy jihatdan, uch o‘lchamli bosma har qanday shakldagi obektlarni bir zumda yaratishga imkon berishi kerak, - deydi Markforged bosh direktori Greg Mark. - Biroq, amalda, 3D-printerlar qimmat, sekin, boshqarishda murakkab va materiallar bo‘yicha cheklangan. Ular an'anaviy zavoddagi ishlab chiqarishni almashtira olmadi. Lekin biz buni o‘zgartirishimiz mumkin».

Yaqinda kompaniya turli plastik buyumlarni bosib chiqaradigan ikkita 3D-printerni taqdim etdi. Greg Mark tijoriy uch o‘lchamli bosma chop etishni iloji boricha soddalashtirishga umid qilmoqda. Siemens, Microsoft va Porshe kompaniyalaridan olingan mablag‘lar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun ishlatiladi, shunda kompaniya 2018 yil oxirigacha har qanday mijozga «to‘liq siklli bosib chiqarishni» taklif qilishi mumkin.

Markforged tizimi minglab printerlarni birlashtiradi, ular bir xildagi metall mahsulotlarni an'anaviy usulga nisbatan 50 barobar tezroq va 20 baravar arzon narxda ishlab chiqara oladi. Bu Microsoft Surface, Porsche mahsulotlari yoki Siemens kompaniyasining yangi avlod shamol turbinalari uchun katta afzalliklarga ega bo‘lishi mumkin.

Bugungi kunga qadar Markforged o‘z printerlarini sotish bilan band edi: buyurtma kompaniya ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgandan ko‘ra ko‘proqni tashkil etmoqda. Qo‘shimcha investitsiyalar Markforged’ga oldinga siljish va texnologiyani rivojlantirishiga yordam beradi.

Mavzuga oid
Top