11:55 / 04.11.2017
23698

BMT xodimlarini jinsiy jinoyatlarda ayblashmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga iyul oyidan sentabrga qadar jahonning turli davlatlarida ishlayotgan o‘z xodimlari ustidan 31 ta shikoyat kelib tushdi. Ular turli xil missiyalarni bajarishda jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda. Bu haqda  Deutsche Welle xabar bergan.

Shikoyatlar Markaziy Afrika Respublikasi, Janubiy Sudan, Kongo Demokratik Respublikasi va Haitida turli yillarda sodir etilgan jinoyatlarga taalluqlidir. Shu bilan birga, bitta holat tasdiqlangan, shikoyatlarning 14 tasi bo‘yicha tergov davom etmoqda, qolganlari tekshiruv jarayonida.

BMT xodimlari tomonidan jinsiy zo‘ravonlik qurbonlariga kamida 24 nafar ayol va 6 qiz aylangan.

Murojaatlarning katta qismi - 12 tasi - tinchlikparvar missiyalarning harbiy xizmatchilariga taalluqli, 5 ta ayblov esa Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar ishi bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi xodimlariga tegishli.

Top