15:20 / 04.11.2017
8515

Kataloniya bir oyda 15 mingta ish o‘rnidan ayrildi

Foto: EPA

Kataloniya oktabr oyida mintaqaning mustaqilligi bo‘yicha referendum bilan bog‘liq keskin vaziyat tufayli Ispaniyaning 17 ta muxtor hududiga qaraganda eng ko‘p ish o‘rinlarini yo‘qotdi. Bu haqda AR xabar bermoqda.
 
Ta'kidlanishicha, mintaqa Kataloniya yetakchilari o‘rtasida to‘qnashuvlar fonida qariyb 15 mingta ish o‘rnini yo‘qotgan.

Siyosiy beqarorlik shunga olib keldiki, mingdan ortiq kompaniyalar o‘z qarorgohlarini Ispaniyaning boshqa tumanlariga ko‘chirishdi. Ular  Kataloniya mustaqillikni qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, Yevropa Ittifoqining umumiy bozoridan chetga chiqib ketishdan xavfsirashmoqda. 

Nashrning ta'kidlashicha, Ispaniyada oktabr oyida ishsizlik darajasi 58 ming kishiga oshdi.

Mavzu
Kataloniyada mustaqillik referendumi

Ispaniyaning shimoliy-sharqiy hududida, Kataloniya avtonomiyasida, istiqomat qiluvchi aholi 1 oktabr katalonlarning mustaqillik masalasini hal etish uchun ko‘chaga chiqdi. Rasmiy Madrid ushbu harakatni yo‘qqa chiqarish maqsadida mahalliy politsiya kuchidan foydalanmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top