21:54 / 05.11.2017
25859

AQShda iPhone X’ning ilk egalari muammolarga duch keldilar

Foto:mobile-review.com

Yaqinda sotuvga chiqqan iPhone X smartfonining ilk xaridorlari telefonni faollashtirish bilan bog‘liq muammolarga duch keldilar.  

Ta'kidlanishicha, bunday muammolar AQShda kuzatilgan. Smartfon yoqilganda Sprint, Verizon va AT&T mobil aloqa operatorlari sim-kartalariga ega bo‘lganlar serverga kirib bo‘lmasligi haqida xabar olishgan. Ba'zi foydalanuvchilarda muvaffaqiyatsiz faollashtirishdan keyin qurilmani yoqish bilan muammolar vujudga kelgan.

Shu sababli o‘nlab odamlar xizmat ko‘rsatish markazlariga murojaat qilishga majbur bo‘lishgan.

iPhone X smartfoni sentabrda taqdim qilingan. Uning narxi 999 dollardan boshlanadi. Smartfonda texnik nosozliklar mavjudligi haqida uning sotuvga chiqarilishidan avval ma'lum bo‘lgan. Jumladan, smartfondagi yuzni tanish funksiyasi Face ID bilan muammolar mavjudligi ma'lum qilingan. Shu tufayli kompaniya yangi smartfonlar chiqarilishi hajmini qisqartirmoqchi ham bo‘lgan. 

Top