23:57 / 05.11.2017
12754

Yaponiya bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Yaponiya parlamentining quyi palatasidagi ovoz berish natijalariga ko‘ra Yaponiya bosh vaziri lavozimiga qayta saylangan Sindzo Abe O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning unga shu munosabat bilan yo‘llagan tabrik maktubi uchun minnatdorlik bildirdi. Abe davlatimiz rahbariga minnatdorlik so‘zlarini maktub orqali yo‘llagan.

“Janobi Oliylari! 

Yaponiyada bo‘lib o‘tgan umumparlament saylovida qozonilgan g‘alaba munosabati bilan samimiy qutlab, shoshilinch tabrik yo‘llaganingiz uchun Sizga chin qalbimdan minnatdorlik izhor etishga ruxsat bergaysiz. 

Saylov murakkab vaziyatda o‘tganiga qaramasdan, Liberal-demokratik partiya g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi va men Siz, Janobi Oliylari bilan hamkorlikni davom ettirishdan g‘oyat mamnunman. 

Siz, Janobi Oliylari bilan Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, mamlakatlarimiz oldida turgan xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalarni, jumladan, Shimoliy Koreya muammosini barqarorlashtirish yo‘lida bundan keyin ham yaqindan hamkorlik qilish niyatidaman. 

Sizning tabrigingiz va ezgu tilaklaringiz uchun yana bir bor samimiy minnatdorlik izhor qilaman”, deb yozgan Sindzo Abe minnatdorlik maktubida.

Mavzuga oid
Top