18:20 / 05.11.2017
13860

Dayr az-Zorda yana bir yirik terakt tayyorlangandi. Kimyoviy qurollar ortilgan avtomobil topildi

Foto: TASS

Suriya harbiylari Dayr az-Zorda kimyoviy moddalar va portlovchi qurilmalar ortilgan avtomobilni topishdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, avtomobildagi qutilardan birida kimyoviy elementlar mavjudligini bildiruvchi belgi qo‘yilgandi.

Minalagan mikroavtobus shahardagi kvartallardan birida aniqlangan, u yerda yana o‘q-dori va qurollar mavjud ikkita omborxona topilgan.

«Shaharni minalardan tozalash ishlari davom etmoqda, yana shunday omborxonalar topilishi ehtimoldan xoli emas», — deya ma'lumot bergan Suriya armiyasi zobiti.

Bundan avvalroq Dayr az-Zor yaqinidagi qochqinlar lagerida sodir etilgan portlash oqibatida 100dan ortiq kishi halok bo‘lgandi.

Mavzu
Suriyadagi urush
Suriyada 2011 yilda boshlangan fuqarolar urushi mamlakatni bir necha qismlarga bo‘lib tashlagan. Suriya hukumati, IShID, kurdlar va boshqa turli jangari guruhlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda.
Barchasi
Top