18:40 / 05.11.2017
16530

Kataloniyaning sobiq rahbari Belgiya politsiyasiga taslim bo‘ldi

Foto: Danny Gys/Kommersant'

Kataloniya Jyeneraliteti rahbarligidan chetlashtirilgan Karles Puchdemon Belgiyada politsiyaga o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘ldi. Bu haqda VRT o‘z manbasiga asoslanib xabar tarqatdi. Bundan avvalroq ushbu davlat hukumati uni va Kataloniya sobiq rahbariyatining yana 4 vakilini hibsga olishga order bergandi. Ular ham politsiyaga o‘zini topshirishgan.

Belgiya prokuraturasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida bu ma'lumotlar tasdiqlandi.

O‘tgan haftaning payshanba kuni Ispaniya Milliy sudi Karles Puchdemon va mintaqa hukumatining sobiq 4 amaldorini qamoqqa olish haqida qaror chiqargandi. Bu esa butun Yevropa Ittifoqi hududida amal qiladi.

Ispaniyada isyon, kuch bilan hokimiyatni qo‘lga olish va kamomadga yo‘l qo‘yish bo‘yicha ish ochilgan. Kataloniya rahbariyatining ayblanayotgan vakillariga 30 yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.

Ispaniya sudi Puchdemon va uning qo‘l ostidagilarni hibsga olishga order berdi

Mavzu
Kataloniyada mustaqillik referendumi

Ispaniyaning shimoliy-sharqiy hududida, Kataloniya avtonomiyasida, istiqomat qiluvchi aholi 1 oktabr katalonlarning mustaqillik masalasini hal etish uchun ko‘chaga chiqdi. Rasmiy Madrid ushbu harakatni yo‘qqa chiqarish maqsadida mahalliy politsiya kuchidan foydalanmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top