00:36 / 05.11.2017
12169

Sankt-Peterburgda dunyodagi eng katta planetariy ochildi

Foto: RIA Novosti / Aleksandr Galperin

Sankt-Peterburgda dunyodagi eng katta planetariy ochildi. Uning proyeksiya gumbazi diametri 37 metrni tashkil qiladi. Bu esa Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan, Yaponiyaning Nagoya shahridagi planetariy gumbazidan 2 metrga kattaroqdir.

Planetariy ochilish marosimiga Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko tashrif buyurgan. Uning aytishicha, yangi maydonchada”yulduzli osmonni o‘rganish va zarur ma'lumotlarni olish mumkin bo‘ladi”.

Foto:  RIA Novosti / Aleksandr Galperin

Planetariy ekraniga tasvirni 40 ta kuchli proyektor uzatadi, tasvir sifati 256 mln pikseldan ko‘proqni tashkil qiladi, hajmli ovoz kuchi 50 kVt gacha yetadi. Loyiha mualliflarining g‘oyasiga ko‘ra, bu jihatlar tashrif buyuruvchilarga koinot atmosferasiga to‘liq sho‘ng‘ish imkonini beradi. 

Foto:  RIA Novosti / Aleksandr Galperin

 

Mavzuga oid
Top