Qirg‘izistondagi Bishkek-O‘sh avtomobil yo‘lining 457-kilometrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida o‘n kishi, shu jumladan ikki yosh bola halok bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayangan holda «Interfaks» xabar bermoqda.
Yo‘l-transport hodisasi mahalliy vaqt bilan soat 00:05da yuz bergan.
«Yo‘lda Honda Stepwgn avtomobili hamda MAN gaz olib yuruvchi mashinasi to‘qnashgan. Natijada sakkiz kishi halok bo‘ldi, ular orasida olti oylik chaqaloq ham bor, yana ikki inson Tosh-Ko‘mir shahri shifoxonasida hayotdan ko‘z yumdi», - deya xabar qilgan mahkama vakili.
Halok bo‘lganlar orasida yetti erkak, bir ayol va ikki yosh bola bor, ularning shaxsi aniqlanmoqda.