11:45 / 06.11.2017
8834

«Marsel» fanatlari Evraning daf bo‘lishini talab qilib, katta banner ko‘tarishdi 

Foto: Coral

«Marsel» muxlislari Fransiya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan «Kan» (5:0) klubiga qarshi o‘yinda, himoyachi Patris Evra uchun katta banner ko‘tarishdi.

«Sen o‘zingni klubdan katta deb o‘ylading shekilli, seni jamoamizda ko‘rishni istamaymiz. Tuyog‘ingni shiqillat... », – deb yozilgandi bannerda.

Eslatib o‘tamiz, Evra Yevropa Ligasidan o‘rin olgan «Vitoriya Gimarayesh»ga qarshi o‘yindan oldin, muxlislardan birining boshiga oyog‘i bilan zarba bergan edi.

Top