08:18 / 06.11.2017
8301

Plastik kartochkalar soni 20,05 mln.dan oshdi

2017 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonda chiqarilgan plastik kartalar soni 20,05 mln.dan oshdi. Bu haqda UzDaily O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan 231 516 ta terminal va 5 434 ta bankomat hamda infokiosklar o‘rnatildi.

Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, terminallar orqali amalga oshirilgan to‘lovlar miqdori 40,48 trln. so‘mni tashkil qildi.

 

Mavzuga oid
Top