00:44 / 06.11.2017
15849

Turkiya Chimyon-Chorvoq sayyohlik zonasining istiqbolli rivojiga hissa qo‘shishga tayyor ekanini bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ishchi guruhi Turkiyada «GAD» kompaniyasi rahbariyati bilan brend, me'morlik va dizayn yechimlarini ishlab chiqish, tog‘ turizmining istiqbolli rivoji, Chimyon-Chorvoq tog‘-turistik zonasida muhandislik ishlarining o‘tkazilishi va keng ko‘lamli sayyohlik infratuzilmasining qurilishi masalalarini muhokama qilishdi. Bu haqida qo‘mita matbuot xizmatida xabar berildi.

Foto:uzbektourism.uz

Manbaga ko‘ra, Turkiyaning «GAD» kompaniyasi dam olish maskanidagi infratuzilmaviy loyihalarga Turkiyadan yirik sarmoyachilarni jalb qilish, mehmonxonalar, madaniy-ko‘ngilochar markazlar, golf-klublar, akvaparklar va parklar qurilishida hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirgan.

28 oktabr kuni «GAD» me'moriy-loyihaviy kompaniyasining rahbari janob Avchio‘g‘li va bir necha yirik turk sarmoyachisi O‘zbekistonda bo‘lgandi. Turkiyalik ekspertlar O‘zbekistonga tashrifi davomida "Tashkent-city" loyihasi bilan tanishuv doirasida mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda qatnashishga muvaffaq bo‘lishgandi, shuningdek bosh vazir Abdulla Aripov ham ularni qabul qilgan. 

Xorijiy mutaxassislar uchun Chimyon-Chorvoq turistik zonasiga sayohat tashkillashtirilgan edi.

Top