19:10 / 06.11.2017
14391

Turkiya poytaxtiga 23 yildan beri ilk marta yangi mer tayinlandi

Adolat va taraqqiyot partiyasi vakili Mustafo Tun Turkiya poytaxtining yangi meri bo‘ldi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Anqara shahar kengashida u 104 ovoz olgan (maksimum 136 ovozdan). Qayd etilishicha, muxolifatdagi Xalq-respublika partiyasi o‘z nomzodini taqdim etmagandi. 

Foto: twitter.com/İbrahim Melih Gökçek

Yangi lavozimda Tuna Melih Gekchekni almashtiradi, u ham Adolat va taraqqiyot partiyasi vakili edi. U Turkiya poytaxtiga 1994 yildan buyon rahbarlik qilib kelgandi. Gekchek shu yilning 28 oktabrida mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning iltimosiga ko‘ra iste'foga chiqqandi.

Foto: Rajab Erdo‘g‘an va Melih Gekchek / Depo Photos

Hurriyet nashrining qayd etishicha, Turkiya shaharlarida merlarning iste'fosi Erdo‘g‘an tomonidan boshlangan «qon almashtirish» jarayoni bilan bog‘liq. O‘tgan oyda Balikesir, Bursa, Duzjye, Nigde va Istanbulda shahar boshliqlari o‘zgargandi. Gazeta ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda 1397 nafar hudud boshliqlaridan (viloyatlar, shaharlar va munitsipalitetlar) 800dan ortig‘i Adolat va taraqqiyot partiyasi vakillari hisoblanishadi.

Mavzuga oid
Top