18:50 / 07.11.2017
31434

Yangi iPhone X’ning asl tannarxi ma'lum qilindi

Foto: RIA "Novosti"

TechInsights tahliliy agentligi mutaxassislari iPhone X’ning tarkibiy qismlari qiymatini hisoblab chiqishdi hamda eng yangi gadjyetning “haqiqiy narxini” aniqlashdi, deb xabar bermoqda MacRumors portali.

Ekspertlarning fikricha, ramkasiz displey 65 dollar turadi, bu iPhone 8 ekranidan qimmatroq. Kupertinoda (Kremniy vodiysidagi shaharlardan biri) po‘latdan qilingan ramkali korpusga 36 dollar sarflashadi, qurilma “ichi” esa Apple’ga 247 shartli birlikka tushadi. iPhone X’ning yakuniy tannarxi, tahlilchilarning fikricha, 357 dollardan oshmasligi kerak.

Eslatib o‘tamiz, iPhone X 3 noyabr kuni sotuvga chiqarildi. Yangilikning kichik modeli AQSh fuqarolariga 999 dollardan sotilmoqda. 

Top