«Barselona» hujumchisi Lionel Messi o‘yin paytida, raqib futbolchilarini aldab o‘tish bo‘yicha, Yevropa chempionatlarining peshqadami bo‘lib turibdi.
Opta ma'lumotiga ko‘ra, argentinalik futbolchi joriy mavsumda 113 marta urinish qilgan va 60% holatda uni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.
Bu ko‘rsatkichdagi samaradorlik borasida «Lion» yarimhimoyachisi Nabil Fekir peshqadam bo‘lib turibdi. U 72 foiz holatda driblingni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.