18:20 / 07.11.2017
4007

Tashqi ishlar vazirligida Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2017 yilning 6 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Xalqaro aloqalar kantselyariyasi boshlig‘ining yordamchisi Shen Beyli boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda. 

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama aloqalarning muhim masalalari ko‘rib chiqildi.

Ta'kidlanganidek, XXR rivojlanishida yangi davrga o‘tilganini belgilab bergan Xitoy Kommunistik Partiyasining 19-qurultoyi o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunlagani o‘zaro manfaatlarni aks ettirgan ikki tomonlama munosabatlarning barcha sohalarda izchil chuqurlashishi uchun yangi istiqbollarni ochadi.

Uchrashuvda Xitoy elchisi Sun Litsze ishtirok etdi.

Top