16:10 / 07.11.2017
9649

Tramp barcha davlatlarni KXDR bilan savdo qilishni to‘xtatishga chaqirdi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp barcha davlatlarni Shimoliy Koreya bilan savdo hamda biznesni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Barcha davlatlar BMT Xavfsizlik Kengashi hujjatlariga rioya etishi va Shimoliy Koreya bilan savdo hamda biznesni butunlay to‘xtatishi lozim. Mamlakatlar katta xavf tug‘dirayotgan rejimga qurollanish va moliya bilan yordam berishi qabul qilinmaydigan holat», - deya aytib o‘tdi Tramp.

Avvalroq Tramp KXDRdan himoya va Afg‘onistondagi strategiya uchun 5 mlrd. dollardan ortiq mablag‘ so‘ragani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top