15:10 / 07.11.2017
28142

Tramp Kim Chen Inga chaqiriq bilan chiqdi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya hukumatini muzokaralar stoliga o‘tirish va «kelishuvga erishish»ga chaqirdi. Bu haqda NBC News xabar bermoqda.

Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Pxenyan atrofidagi yadroviy inqirozga yechim topish bo‘yicha ijobiy o‘zgarishni ko‘rgan.

«Men haqiqatdan ham shunday fikrdamanki, Shimoliy Koreyaning kelishi hamda muzokaralar stoliga o‘tirib, kelishuvga erishishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Bu KXDR aholisi va butun jahondagi odamlar uchun foydali», - deya aytib o‘tdi Tramp Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan uchrashuvda.

Mavzuga oid
Top