08:35 / 08.11.2017
7873

Kataloniyaning 200 meri Puchdemonni qo‘llab-quvvatlash uchun Bryusselga keldilar

Kataloniya viloyatining 200 aholi punkti merlari viloyatning sobiq rahbari Karles Puchdemonni qo‘llab-quvvatlagani Bryusselga kelishdi. Ta'kidlanishicha, Kataloniyada hammasi bo‘lib 947 ta shahar va posyolkalar mavjud.

Ular “Siyosiy mahbuslarga ozodlik” deb yozilgan plakatni qo‘llarida ushlagancha Yevropa komissiyasi binosi oldida tizilishib, Kataloniya madhiyasini ijro etishgan.

Kataloniya vakillari shu tariqa Puchdemonning jinoiy ta'qib qilinishiga YeIning e'tiborini qaratishni istashgan.

Madrid Puchdemon va Kataloniyaning yana bir necha rasmiy shaxslarini isyon ko‘tarishda, referendum o‘tkazish orqali davlat pullarini behuda sarflashda va muxtoriyat mustaqilligini e'lon qilishda ayblamoqda. 

Bryusselda Puchdemonning Ispaniyaga topshirilishi masalasi hal qilinmoqda.

Mavzu
Kataloniyada mustaqillik referendumi

Ispaniyaning shimoliy-sharqiy hududida, Kataloniya avtonomiyasida, istiqomat qiluvchi aholi 1 oktabr katalonlarning mustaqillik masalasini hal etish uchun ko‘chaga chiqdi. Rasmiy Madrid ushbu harakatni yo‘qqa chiqarish maqsadida mahalliy politsiya kuchidan foydalanmoqda.

Barchasi
Mavzuga oid
Top