10:15 / 08.11.2017
21275

Maxsus garajga ega g‘ildirakli uy 1,7 mln. dollarga baholandi

Foto: Volkner Mobil

Ko‘pchilik insonlar uchun «g‘ildirakli uy» iborasi hamma narsani anglatishi mumkin, faqat besh yulduzli mehmonxonadagi hordiqni bildirmaydi. Germaniyaning Volkner Mobil kompaniyasi bunga qo‘shilishni istamadi hamda Performance S g‘ildirakli uylar seriyasini taqdim etdi. Ular ichidagi eng so‘nggi model 1,7 million dollar turadi. Bu uyni ko‘rganda esa xayolga keladigan eng birinchi so‘z – hashamatli.

Ajoyib avtouyda katta karavotga ega yotoqxona, butunlay jihozlangan oshxona, keng mehmonxona va vannali hojatxona bor. Agarda, sizga bular ham kamlik qilayotgan bo‘lsa, Performance S elektr gidravlik liftga ega garaj bilan lol qoldirishi aniq. U yerga Ferrari yoki Mercedes’ni bemalol joylashtirish mumkin.

Foto: Volkner Mobil

G‘ildirakli haqiqiy besh yulduzli mehmonxona.

 

Foto: Volkner Mobil

 

Yotoqxona.

Foto: Volkner Mobil

Haydovchilik o‘rni – orzu darajasida.

Foto: Volkner Mobil

Plita, saqlash uchun joylar va idish-tovoq yuvadigan mashinaga ega oshxona.

 

Foto: Volkner Mobil

 

Yotoqxona.

 

Foto: Volkner Mobil

 

Isitiluvchi dush va hojatxona.

 

Foto: Volkner Mobil

 

 

Mavzuga oid
Top