16:05 / 08.11.2017
6968

Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari O‘zbekistonga kelmoqda

2017 yilning 8-9 noyabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmonov, Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov O‘zbekistonga keladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 10 noyabr kuni mintaqaning besh davlati tashqi siyosiy idoralari rahbarlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» vazirlar uchrashuvida ishtirok etadilar va 10-11 noyabr kunlari «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik» mavzuidagi xalqaro konferensiyada nutq so‘zlaydilar.

Top